1. Shartnomani tuzish uchun, Mijoz Dilerga kelib murojaat qilishi, yoki Portal orqali elektron buyurtma berish yo‘li bilan murojaat qilishi mumkin.
2. Kelib murojaat qilganda, jismoniy shaxs bo‘lgan Mijoz dilerga quyidagilarni taqdim etadi:
• O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti va soliq to‘lovchining identifikatsiyalash raqamining (STIR) nusxasi — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun;
• chet el fuqarosining pasporti— chet el fuqarolari uchun;
• fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar guvohnomasi — O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun;
• shaxsiy tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi to‘g‘risida guvohnoma — shaxsiy tadbirkorlar uchun.
3. Kelib murojaat qilganda, yuridik shaxs bo‘lgan Mijoz dilerga quyidagilarni taqdim etadi:
• avtomobil sotib olish istagi haqidagi yozma murojaat;
• yuridik shaxs rahbari pasportining nusxasi;
• yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi to‘g‘risida guvohnoma.
4. Diler, Mijoz tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning asosida, Portalda avtomobilni sotib olish uchun buyurtmani ro‘yxatdan o‘tkazishi lozim.
5. Diler, buyurtma ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin, unga kiritilgan ro‘yxat ma’lumotlari asosida Portal tomonidan shakllantirilgan buyurtmani, avtomatik rejimda hosil qilinadigan buyurtmaning betakror identifikatsiyalash raqami va Mijozni Shartnomani tuzish uchun navbatga qo‘yish raqami ko‘rsatilgan holda, chop etadi.